Qarshi shahri aholisi va barcha yoʻlovchilar diqqatiga!

Chop etish Sahifani ulashish
18.09.2025 230 Yangiliklar

“Raqamli Oʻzbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish maqsadida 2026-yil 1-yanvardan boshlab Qarshi shahrida brutto-shartnoma tizimida xizmat koʻrsatuvchi barcha avtobuslarida yoʻlkira haqini naqd pulsiz to‘lash amaliyoti toʻliq joriy etiladi

 

2026-yil 1-yanvardan boshlab:

- Barcha avtobuslarda yoʻlkira haqini naqd pulda qabul qilish toʻxtatiladi.

- Avtobuslarda yoʻlkira haqi ATTO yagona transport kartasi va imtiyozli transport kartalari orqali hamda barcha bank kartalari orqali amalga oshiriladi.

- Naqd pul koʻrinishidagi toʻlovlar avtobus bekatlarida joylashtirilgan elektron chipta sotishning oʻziga-oʻzi xizmat koʻrsatuvchi avtomatlashtirilgan infokiosklar orqali amalga oshiriladi.

- Yo‘lkira haqini haydovchiga naqd pul shaklida amalga oshirish qat’iyan ta’qiqlanadi!!!

 

ATTO transport kartalarini Qarshi shahridagi barcha pochta aloqa boʻlimlarida xarid qilish mumkin.