Yazdanov Bobir Jabirovich
1972-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, 1996-yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini qishloq xо‘jaligi injener mexanigi mutaxassisligi bо‘yicha tamomlagan.
Yazdanov Bobir Jabirovich ilk mehnat faoliyatini “Vatanparvar” tashkiloti Nishon tumani Kengashi о‘qituvchisi lavozimidan boshlagan.
“Vatanparvar” tashkiloti Qashqadaryo viloyati Kengashi rais о‘rinbosari, “Vatanparvar” tashkiloti Qashqadaryo viloyati Kengashi qoshidagi texnik va amaliy sport turlari markazi direktori, О‘zbekiston mudofaasiga kо‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi, shuningdek Qashqadaryo viloyati hokimligi huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi rahbari, О‘zbekiston Respublikasi Ekalogiya, atrof muhitni muxofaza qilish va iqlim о‘zgarishi vazirligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati turizm boshqarmasi devonxona va arxiv ishlari bо‘yicha bosh mutaxassisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2025-yildan О‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.