Qashqadaryo viloyati hududidagi quyidagi avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.
Shahar ichi avtobus yoʻnalishlari
- 6 Temir yo'l vokzali-Bog'obod MFY
- 15 Temir yo'l vokzali-Qoratepa MFY
- 16 Ona va bola markazi-22-maktab
- 20 Pistakent-Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot Instituti
- 21 Sputnik-Yerqoʻrgʻon bozori
Tender Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2026-yilning 04-yanvar kuni soat 14:00 da o‘tkaziladi.
Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Talabgorlar tomonidan tender tarkliflarini taqdim etish muddati tender eʼlon qilingan kundan boshlanib, tender o‘tkaziladigan sanadan bir kun oldin tugaydi.
Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-01(371).
Batafsil: e-tender.uztrans.uz