DIQQAT TENDER

Chop etish Sahifani ulashish
27.02.2026 45 Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati hududidagi quyidagi avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

Shahar atrofi taksi yoʻnalishlari

  1. SHYT-302 — Nishon a/s-Oq oltin (7) xoʻjaligi
  2. SHYT-473 — Muborak a/s-A.Temur MMTR (Yangihayot qishlogʻi)
  3. SHYT-479 — Beshkent a/s-Talliquron qishlogʻi
  4. SHYT-310 — Beshkent a/s-Navro'z qishlogʻi
  5. SHYT-411 — Yangi Mirishkor-Jeynov qishlogʻi
  6. SHYT-250 — Qamashi a/s-Qorabogʻ qishlogʻi
  7. SHYT-457 — Koson-Surxon qishlogʻi
  8. SHYT-273 — Kasbi a/s-Maymanoq qishlogʻi
  9. SHYT-348 — Beshkent a/s-Kojor qishlogʻi
  10. SHYT-380 — Nishon-Oydin MFY
  11. SHYT-382 — Nishon-A.Qodiriy MFY
  12. SHYT 259 — Kitob a/s-Doniyorshayx qishlogʻi
  13. ShYT-366 — Nishon a/s-Guliston xoʻjaligi
  14. ShYT 367 — Nishon-Nuriston
  15. SHYT 396 — Gʻuzor a/s-Jarariq qishlogʻi
  16. VXYT 378 — Qiziltepa qishlogʻi-Qizilqishloq qishlogʻi
  17. SHYT-374 — Qamashi a/s-Gagarin QFY (Guliston q/q orqali)
  18. SHYT-495 — Yettitom a/s-Oqtunli MFY

 

Tender Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2026-yilning 29-mart kuni soat 12:00 da o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

Talabgorlar tomonidan tender tarkliflarini taqdim etish muddati tender eʼlon qilingan kundan boshlanib, tender o‘tkaziladigan sanadan bir kun oldin tugaydi.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-01(371).

Batafsil: e-tender.uztrans.uz