Qashqadaryo viloyati hududidagi quyidagi avtomobil transportida yo'lovchi tashish yo'nalishlarini biriktirish bo'yicha elektron tarzda ochiq tender o'tkaziladi.
Shahar atrofi taksi yoʻnalishlari
- SHYT 271- Koson-Mudin qishlogʻi
- SHYT 313- Gʻuzor a/s-Gʻalcha qishlogʻi
- SHYT 371- Nishon a/s-Doʻstlik xoʻjaligi
Tender Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2026-yilning 22-fevral kuni soat 12:00 da o'tkaziladi.
Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Talabgorlar tomonidan tender tarkliflarini taqdim etish muddati tender eʼlon qilingan kundan boshlanib, tender o‘tkaziladigan sanadan bir kun oldin tugaydi.
Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-01(371).
Batafsil: e-tender.uztrans.uz