“Qashqadaryo viloyat transport boshqarmasi Yo'lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi transport sohasiga oid malakali mutaxassislarni tanlab olish maqsadida tanlov e’lon qiladi.
Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlardan 2026-yil 26-yanvar sanasiga qadar belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni taqdim etishlari so'raladi.
Nomzodlar uchun muvofiq keladigan ixtisosliklar (diplom bo‘yicha):
- Avtomobil transporti yo‘nalishlari;
- Iqtisod (transport va tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
- Menejment (transport va tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT sohasida) .
- Lavozimga qo‘yiladigan talablar:
Nomzodlar quyidagi normativ-huquqiy hujjatlari bo'yicha tushunchaga ega bo‘lishi lozim:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-son qarori;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-son qarori.
Shuningdek, nomzodlar:
- oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- Microsoft Office dasturlari (Word, Excel, PowerPoint va boshqalar) bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- zamonaviy axborot texnologiyalari va internet tarmog‘idan mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlarida ishlash bo'yicha yetarli bilim va malakaga ega bo'lishi lozim.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Murojaat uchun manzil:
Telegram: DMHRmurojaat (http://t.me/DMHRmurojaat)
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, G‘uzor ko‘chasi, 12-uy,
Qashqadaryo viloyat transport boshqarmasi binosi.
Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-01(871).