DIQQAT TENDER

23.05.2025

Qashqadaryo viloyati hududidagi quyidagi avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

Shahar ichi taksi yoʻnalishlari

  1.  YT 3 - Shahrisabz avtostansiyasi - Temir yo‘l shoxbekat
  2. YT 4 - Chorshanbe bekati - Chorshanbe bekati

 

Shahar atrofi taksi yoʻnalishlari

  1.  YT 218 - Kitob - Uzunqir qishlog‘i
  2. YT 245 - Kitob - Xasantepa qishlog‘i
  3. YT 263 - Kitob - Ulug‘bek xo‘jaligi (Yangiqishloq)
  4. YT 273 - Kasbi avtostansiyasi - Qatag‘on qishlog‘i
  5. YT 304 - Kitob - Obikanda qishlog‘i
  6. SHYT 328 - Gʻuzor a/s - Qushtepa qishlogʻi
  7. SHYT 399 - G‘uzor avtostansiyasi - Oqtosh qishlog‘i

 

Shahar atrofi avtobus yoʻnalishlari

  1. SHAY 361 - Shahrisabz a/s - Toʻdamaydon qishlogʻi

 

 

Tender Transport vazirligi Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2025-yilning 26-iyun kuni soat 17:00 da o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

Talabgorlar tomonidan tender tarkliflarini taqdim etish muddati tender eʼlon qilingan kundan boshlanib, tender o‘tkaziladigan sanadan bir kun oldin tugaydi.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-01(371).

Batafsil: e-tender.uztrans.uz