DIQQAT TENDER

27.12.2024

Qashqadaryo viloyati hududidagi quyidagi avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

Shahar ichi avtobus yo‘nalishlari

15 - Temir yo‘l vokzali-Qoratepa MFY

18 - Yangibog‘ MFY-Yangi bozor

19 - Kamandi temir yo‘l posti-Jayxun bekati

20 - Pistakent-Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot Instituti

21 - Sputnik-Yerqo‘rg‘on bozori

Shahar atrofi avtobus yo‘nalishlari

SHAY 352 - Shahrisabz a/s-Kitob tumani salomatlik markazi

SHAY 405 - Kitob a/s-Parchakent qishlog‘i

 

Tender Transport vazirligi Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2025-yilning 27-yanvar kuni soat 17:00 da o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-01(371).

Batafsil: e-tender.uztrans.uz