DIQQAT TENDER

Qashqadaryo viloyati hududidagi quyidagi avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.
Shahar ichi taksi yo‘nalishlari
YT 14 - Aylanma harakat Avtoshohbekat-Shahrisabz avtostansiyasi
Shahar atrofi taksi yo‘nalishlar
SHYT 205- Koson dehqon bozori-Bo‘lmas qishlog‘i
SHYT 236 - Koson a/s-Guvalak qishlog'i
SHYT 241 - Qamashi avtostansiyasi-Sho‘rchi qishlog‘i
YT 265 - Koson dehqon bozori-Mug‘lon qishlog‘i
SHYT 313 - G'uzor a/s-G'alcha qishlog'i
SHYT 341 - Shahrisabz-Zangi qishlog'i
SHYT 386 - Koson a/s-Esaboy qishlog'i
SHYT 389 - Nishon a/s-Paxtazor qishlog'i
SHYT 466 - Eski Nishon QFY-Yuksalish MFY
SHYT 471 - Muborak avtostansiyasi-Qorabog‘ qishlog‘i
SHYT 473 - Muborak avtostansiyasi-A.Temur MMTP (Yangihayot qishlog‘i)
VHYT 522 - Nishon a/s-Tallimarjon
Tender Transport vazirligi Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2025-yilning 24-yanvar kuni soat 17:00 da o‘tkaziladi.
Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-01(371).
Batafsil: e-tender.uztrans.uz