Qatar Airways aviakompaniyasi Doxadan Toshkentga muntazam parvozlarni boshlaydi

26.06.2023

Joriy yilning 23-iyun kuni Transport vaziri Ilxom Maxkamov Qatar davlatining O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Hasan Hamza Asad Muhammad Hoshim bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o'rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo'lga qo'yish masalasini muhokama etishdi. Elchi janoblari "Qatar Airways" aviakompaniyasi Doxa – Toshkent – Doxa yo'nalishida aviaqatnovlarni amalga oshirish bo'yicha kompaniya ichki tartiblarini ishlab chiqayotganini ma'lum qildi.

 

Tomonlar ushbu jarayonlar yakunlangach, parvozlarni amalga oshirish bo'yicha mavjud talab va qoidalar yuzasidan muzokaralar o'tkazishga kelishib oldi.