Transport vaziri Seulga tashrif buyurdi.

30.05.2023


Ayni damda Transport vaziri Ilhom Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi.

Xizmat safarining ilk kuni vazir Seul shahar maʼmuriyati qoshida tashkil etilgan transport maʼlumoti xizmati (TOPIS)ga tashrif buyurib, shahar transport tizimini operativ boshqaruv faoliyati, haydovchisiz harakatlanayotgan transport vositalarining pilot loyihalari hamda real vaqt rejimida transport va yoʼl maʼlumotlarini tahlil qilib borish imkoniyatlari bilan tanishdi.

Xizmat safari davomida Seul shahri jamoat transporti sohasida amalga oshirilgan keng koʼlamdagi islohotlar,hamda jamoat transport infratuzilmasida aholining zaif qatlamlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishiladi.