YUTONG BUS kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

30.05.2023

Boshqarmada avtobus sotib olish istagida boʼlgan tadbirkorlar uchun Xitoyning eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan hisoblangan YUTONG BUS kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-59-son qarori talablari asosida shaharda harakatlanuvchi avtobuslar sotib olish uchun ushbu kompaniyada ishlab chiqariladigan shahar avtobuslarining imkoniyatlari, texnik parametrlari va bozor narxi toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi. Ushbu avtobuslar ekologik toza hisoblanib, siqilgan gazda harakatlanadi. Bundan tashqari ishlab chiqaruvchi tomonidan elektrobuslar ham taklif etilmoqda.

Uchrashuv soʼngida zavod bilan toʼgʼridan-toʼgʼri shartnoma imzolash boʼyicha kelishuvlarga erishildi.