Viloyatdagi yoʼlovchi tashish bilan shugʼullanuvchi korxona rahbarlari bilan uchrashuv o'tkazildi.

30.05.2023

25 may kuni boshqarmada viloyatdagi yoʼlovchi tashish bilan shugʼullanuvchi korxona rahbarlari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Uchrashuvda “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qaroriga koʼra avtobuslar xarid qilinishini tashkil etish, shahar avtobus yoʼnalishlarida cheklangan tariflar boʼyicha yoʼlovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirish tizimining afzalliklari, yoʼnalishlarda yoʼl kira narxlari sunʼiy oshirilishini oldini olish hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga puxta tayyorgarlik koʼrish va oʼtkazish borasida soʼz yuritildi.

Shuningdek, tashuvchilar bilan hisob-kitoblar “bosib oʼtilgan yoʼl” va “sifat” mezonlari asosida amalga oshirilishi hamda yoʼlkira haqini kunlik yigʼish reja-topshirigʼini belgilash amaliyoti bekor qilinishi aytib oʼtildi.

Tadbir soʼnggida korxona rahbarlari bu borada oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.