Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi "Jamoat transport transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi 59-son qarori boʼyicha davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Davlatimiz rahbarining yuqoridagi qarori mazmun-mohiyati boʼyicha tushuntirishlar berildi.
Xususan, mazkur qaror bilan avtobus sotib olish uchun davlat kafolati asosida imtiyozli kreditlar ajratilishi, viloyatda Brutto kontrakt tizimi yoʼlga qoʼyilishi, ushbu tizimning mohiyati va qulayliklari toʼgʼrisida tushunchalar berildi. Yigʼilganlarga transport vositalariga yoqilgʼi quyishda maxsus kartalardan foydalanishning qulayliklari toʼgʼrisida ham zaruriy koʼnikmalar berildi.
Uchrashuvda viloyatda jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirish boʼyicha mavjud muammolarni bartaraf etish va kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.