Toshkent shahrida seminar-trening o'tkazilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-59-son qarori mazmun mohiyati yuzasidan Toshkent shahrida Transport vazirligi hududiy boshqarmalari rahbar-xodimlari ishtirokida seminar-trening oʼtkazilmoqda.
Seminar-treningda Buxoro viloyati Transport boshqarmasi boshligʼi Faxriddin Rajabov bilan birga boshqarma masʼul xodimlari ham ishtirok etmoqda.
Ishtirokchilar dastlab Toshkent shahar yoʼlovchi transporti dispetcherlik markazi faoliyati bilan tanishtirildi.
Shundan soʼng qatnashchilarga Uchtepa tumanida joylashgan 18-avtobuslar saroyi faoliyati hamda haydovchilarning elektron tarzda kundalik tibbiy-texnik koʼrikdan oʼtish jarayoni koʼrgazmali tanishtirildi.
Seminar-trening davom etmoqda.