E'tirof

6 dekabr kuni Buxoro viloyati hokimligida “Oʼzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni topshirish marosimi boʼlib oʼtdi.
“Oʼzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan, shuningdek, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish va qator sohalarda oʼz munosib hissasini qoʼshib kelayotgan yurtdoshlarimizga Prezidentimizning Farmoniga muvofiq taʼsis etilgan.
Ushbu esdalik nishoni bilan boshqarmasi yuriskonsulьti Bahodir Muxamedov hamda boshqarma yetakchi inspektori Rohila Otamurodovalar ham taqdirlanishdi.
Boshqarma xodimlari nomidan mukoftlanganlarni samimiy muborakbod etamiz!