DIQQAT TENDER

22.04.2022

2022-yil 23-may kuni soat 11-00 da viloyat hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha quyidagi yo`lovchi tashish yo`nalishlarida elektron tarzda OCHIQ TENDER O‘TKAZILADI.

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

Yo‘nalish turi

1 355 Buxoro-Romitan Аvtobus
2 374 Buxoro-Qo'rg'on Аvtobus
3 501 Buxoro-Gazli Аvtobus
4 417 Romitan bosh bekati-Ekologiya kasb-hunar  Аvtobus
5 421 Romitan bosh bekati-Qoʼrgʼon Аvtobus
6 394 Romitan-Gijduvon-Romitan Аvtobus
7 205 Buxoro АShB-Romitan bosh bekati Yoʼnalishli taksi
8 220 Karvon buyum bozori-Qo'qishtuvon Yoʼnalishli taksi
9 252 Madaniyat bosh bekati-Qo'rg'on Yoʼnalishli taksi
10 348 Xo'jaubbon-Buxoro АShB Yoʼnalishli taksi
11 450 Buxoro АShB-Decha (Romitan tumani) Yoʼnalishli taksi
12 456 Madaniyat bosh bekati-Chilongʼu Yoʼnalishli taksi
13 233 Romitan bosh bekati-Turkiston Yoʼnalishli taksi
14 238 Romitan bosh bekati-Baxoriston Yoʼnalishli taksi
15 239 Romitan bosh bekati-Piyozkoron Yoʼnalishli taksi
16 240 Romitan bosh bekati-Qoʼrgʼon Yoʼnalishli taksi
17 241 Romitan bosh bekati-Bogiturkon Xazorbogʼ Yoʼnalishli taksi
18 242 Romitan bosh bekati-F.Qurbonov-Chilongʼu Yoʼnalishli taksi
19 271 Romitan bosh bekati-Peshko' (Decha) Yoʼnalishli taksi
20 317 Romitan bosh bekati- Tagʼore Yoʼnalishli taksi
21 329 Romitan bosh bekati-Qahramon Yoʼnalishli taksi
22 332 Romitan bosh bekati-Tuman kasalxonasi Yoʼnalishli taksi
23 345 Romitan bosh bekat-Yomgʼir qishlogʼi Yoʼnalishli taksi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “SHahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:

  -Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;

   -Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).

 Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida eъlon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.

Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

 Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Buxoro viloyat Transport boshqarmasi.

 Malumot uchun telefon: (+99871)  202-05-01(703).