Uzbekistan Airways Dehliga parvozlar sonini oshirmoqda

29.03.2022

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent – Dehli – Toshkent xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar soni oshirilayotgani haqida xabar berdi.

Ayni paytda mazkur yo‘nalishda aviaqatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshirilmoqda. 2022 - yil 17 - apreldan boshlab parvozlar yakshanba kunlari, 4 - maydan esa chorshanba kunlari ham bajariladi.

Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: +998 78 140 02 00