Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron axborot tizimi ishga tushirildi.

03.03.2022

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 - yil 6 - dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini ochiq tenderlar orqali tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha elektron axborot tizimi ishlab chiqildi va 2022 - yil 1 - martdan to‘liq ishga tushirildi.

Ushbu elektron tizim orqali viloyatdagi yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlari ochiq tender o`tkazish uchun joylashtirildi.

Elektron tarzda tashkil etiladigan dastlabki tenderlar joriy yilning 5 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Tenderga joylashtirilgan yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish, tizimdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalarni yuklab olish hamda tenderda qatnashish uchun takliflarni taqdim etish jarayonlari e-tender.uztrans.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Buxoro viloyati bo‘yicha tenderga qo‘yilgan lotlar

 

Yo‘nalish raqami

Yo‘nalish nomi

1.

214

Olot bekati – Paxtakor MFY

2.

215

Olot bekati – Qorako‘l avtostantsiyasi

3.

227

Olot bekati – Zarafshon MFY

4.

229

Olot bekati – Guliston MFY

5.

267

Olot bekati – Bojxona

6.

313

Olot bekati – Baxoriston

7.

314

Olot bekati – Denov

8.

337

Olot bekati – Bog‘ishamol

9.

248

Olot bekati – O‘zbekiston

10.

315

Olot bekati – Navoiy

11.

213

Olot bekati – Amudaryo q.