Transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida 2020 - yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ko‘rsatkichlar to‘g‘risida ma’lumot

23.02.2022

2021 - yilning asosiy natijalari

2021 - yilda jami yuk tashuvlari aylanmasi 2076,5 mln/kmni (109 foiz) tashkil etdi.

Barcha transportda yo‘lovchi tashish yo‘lovchi aylanmasi 10746,8 mln.yo`lovchi/km.ni (107 foiz) tashkil etdi.

Yuk tashuvlarda temir yo‘l orqali 8.9 mln. tonnani, avtomobil transporti orqali 5,3 mln. tonna, avia tashuvlar orqali 238 ming tonnani tashkil etdi.

Hisobot davrida 6 ta yangi, 491-sonli “Olot bosh bekati-Аmudaryo MFY”, 492-sonli “Yakkatut-Chor-Bakr bosh bekati”, 493-sonli “Jondor bosh bekati-Yuqori Obod”, 494-sonli “Qorakoʼl bosh bekati-Jigʼachi”, 495-sonli “Gʼijduvon bosh bekati-Qorakoʼl bosh bekati”, 496-sonli “Madaniyat bosh bekati-Poliklinika” yo‘lovchi tashish avtobus yo‘nalishlari ochildi.

Yo‘lovchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Vobkent tumanida 1 dona yangi avtostansiya va Olot tumanida 1 dona yo`lovchi tashuvchi avtotransport vositalarining oxirgi to`xtash bekati qurib, foydalanishga topshirildi.

Jamoat transporti yo‘lovchilariga qulayliklar yaratish maqsadida, 49 ta oraliq to`xtash bekatlari qurildi.

Shu bilan birga, 70 ta avtobuslar "GPS-tracker" lar bilan jihozlandi. Izoh o`rnida, avtobuslarni GPS-trekerlar bilan jihozlash ishlari toʼliq yakunlangandan soʼng ushbu tizim "ZTM" mobil ilovasi bilan integratsiyalanib, yoʼlovchilar yuklab olingan maxsus mobilь ilova orqali oʼz turgan nuqtalarida qaysi yoʼnalishdagi jamoat transportlari harakatlanishi, qancha vaqtdan keyin ushbu nuqtaga avtobus kelishi va yoʼnalishdagi avtobuslarning harakatini onlayn kuzatish imkoniyatiga ega boʼladi

2021 - yil davomida jami 556.328 mlrd.so‘m miqdorida avtomobil yo‘llarini qayta qurish, ta’mirlash, saqlash, qishki qarov, yo`lning ravonligini ishirish, ichki avtomobil yo`llarini asfaltlashtirish, shag`allashtirish hamda 12.050 mlrd so`mlik ko`kalamzorlashtirish ishlari bajarilib, bu tadbirlarda 1 157,9 km avtomobil yo‘llari va 36 ta ko`prik qamrab olindi.

Shundan, Investitsiya dasturlari doirasida yo‘l xo‘jaligi sohasida 4 ta loyiha bo‘yicha 25 mlrd. So`mlik investitsiya o‘zlashtirish belgilangan bo‘lib, amalda 34,6 mlrd so`m o‘zlashtirildi.

Navoiy-Buxoro temir yo`lini elektrlashtirish dasturi doirasida jami 6.2 km temir yo`l yotqizildi, Rzd.38 (Malikobod bekati), Rzd.39 (Elobod bekati) va Rzd.40 (Аzizobod bekati) binolari toʼliq qurib bitkazildi.

Tadbirkorlarga qoʼshimcha qulayliklar yaratish va xizmat sifatini oshirish maqsadida, “G`ijduvon erkin iqtisodiy zonasi”ga boradigan temir yoʼl qurilishi loyihasi doirasida 28 km temir yo`l izi yotqizildi.

2021-yilda “Buxoro Xalqaro aeroporti” MChJ xodimlari tomonidan 315 ta mahalliy, 972 ta xalqaro aviaqatnotlarga hfmda 25 291 mahalliy qatnov yoʼlovchilariga, 154 512 xalqaro qatnov yoʼlovchilariga yuqori darajali xizmat koʼrsatildi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida eTIR (electronic TIR) tartibidan foydalangan holda pilot yuk tashuvi amalga oshirildi.