Yoʼlovchi tashish xavfsizligini taʼminlash oldimizda turgan asosiy vazifa.

Boshqarma xodimlari tomonidan shaharlararo-viloyatlararo yoʼnalishlarda harakatlanuvchi avtobus saroylari hamda yoʼnalishlarda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yoʼlovchilarni avtobusda tashish xavfsizligini taʼminlashga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida targʼibot tadbirlari oʼtkazildi. Tadbirlar davomida shaharlararo-viloyatlararo, xalqaro va turistik yoʼnalishlar boʼyicha avtobuslarda yoʼlovchi tashishda yoʼlovchilar xavfsizligini taʼminlash, amaldagi tartib-qoidalarga qatʼiy amal qilish boʼyicha hamda bolalar guruhlarini tashish tartibi toʼgʼrisida tushuntirishlar berildi, haydovchilarga harakat davomida amal qilishi lozim boʼlgan qoidalar toʼgʼrisida eslatmalar tarqatildi.