O‘zbekiston-Qozog‘iston: Yuk tashish hajmini oshirish masalari muhokama etildi

Joriy yilning 27- iyul kuni "Qazaqstan temіr joli MK" AJ boshqaruvi raisi N.Sauranbayev hamda O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri I.Mahkamov va "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisi v. b. X.Xasilov o‘rtasida temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlik va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Muzokarada ikki mamlakat hukumatlarining temir yo‘l transportini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlanib, tashish hajmini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.