«Uzbekistan Airways» АJ 2021 yil 15 iyundan boshlab Moskvaning «Domodedovo» aeroportidan parvozlarni qayta tiklaydi.

“Uzbekistan Airways” va Domodedovo oʼrtasidagi hamkorlik aeroportning sherik aviakompaniyalari parvozlari va transfer reyslari keng geografiyasi tufayli Oʼzbekistonda turizmni jadal rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadi.
"Hamkorligimiz yoʼlovchilarga parvozlar vaqtini va xarajatlarini sezilarli darajada tejash uchun yangi imkoniyatlarni ochadi", - dedi “Uzbekistan Airways” АJning Rossiya Federatsiyasidagi mintaqaviy vakili Аkmal Joʼraev.
“Biz hamkorlikning yangi sahifasini ochmoqdamiz va aeroportning texnologiyalari va vakolatlaridan foydalanib, “Uzbekistan Airways”ning bozordagi mavqeini mustahkamlashga intilamiz. Ishonchim komilki, Oʼzbekistonning boy tarixi va madaniyati sayyohlarning eʼtiborini tortadi va aviakompaniyaning parvozlaridagi qulaylik va xizmat Domodedovodan joʼnab ketish foydasiga tanlovni belgilaydi”, – dedi Moskvaning Domodedovo aeroporti direktori Аndrey Pavlov.