30 - martdan Gruziyaga muntazam aviaqatnovlar tiklanadi

2021 - yilning 30 - mart sanasidan Gruziyaga muntazam aviaqatnovlar tiklanadi. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi haftada ikki marotaba Toshkent – Tbilisi – Toshkent yo‘nalishida qatnovlarni amalga oshiradi.
Qatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari bajariladi.
Seshanba:
Toshkent – Tbilisi (uchish 16:10da, qo‘nish 18:30da)
Tbilisi – Toshkent (uchish 19:30da, qo‘nish 23:30da)
Juma:
Toshkent – Tbilisi (uchish 20:40da, qo‘nish 23:00da)
Shanba:
Tbilisi – Toshkent (uchish 00:30da, qo‘nish 04:30da)
Aviachiptalarni kompaniyaning veb-saytida, "Uzbekistan airways sales" yoki aviakompaniya agentlarining ofislarida sotib olish mumkin.