"Uzbekistan Airways" aviakompanoyasi yangi reyslar joriy etilishini e`lon qildi.

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Fargʼona – Istanbul – Fargʼona va Urganch-Istanbul-Urganch yoʼnalishlarida yangi muntazam qatnov yoʼlga qoʼyilishini ma`lum qildi.
Urganch-Istanbul-Urganch yo`nalishida qatnovlar joriy yilning 28 martidan haftada bir marotaba yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Urganch-Istanbul uchish vaqti 09:30, qo`nish - 11:50
Istanbul-Urganch uchish vaqti 13:20, qo`nish - 19:05
Fargʼona – Istanbul – Fargʼona yo`nalishida qatnovlar joriy yilning 3 aprelidan haftasiga ikki marotaba, chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Fargʼona – Istanbul uchish vaqti 08:50, qoʼnish - 12:30
Istanbul – Fargʼona uchish vaqti 14:00, qoʼnish - 20:50