Viloyatning chekka hududlaridagi jamoat transporti qatnovi o`rganildi.

23.01.2021

Buxoro viloyatining chekka hududlaridagi jamoat transporti bilan bogʼliq muammolarni joyiga chiqqan holda oʼrganish, aholiga ushbu sohada koʼrsatilayotgan xizmatlarning holati bilan yaqindan tanishish maqsadida Transport vaziri oʼrinbosari Rahmonbek Usmonov boshchiligidagi ishchi guruhi Romitan, Peshku, Shofirkon va Gʼijduvon tumanlarida boʼldi.

                   
Cafar davomida masʼullar Romitan tumanidagi "Qoqishtvon" ShFY, Peshku tumanidagi “Bogʼimuso”, Shofirkon tumanidagi “Sharof Rashidov” va Gʼijduvon tumanidagi “Baraka” va “Oqrabot” MFY da boʼlib, ushbu mahallar raislari hamda mahalla faollari bilan boʼlgan uchrashuvlarda aholini koʼpdan beri qiynab kelayotgan masalalarga quloq tutildi. Jumladan, ushbu hududlarning jamoat transporti yetib bormagan chekka qishloqlariga jamoat transporti qatnovini yoʼlga qoʼyish, yangi avtobus yoʼnalishlarini tashkil etish bilan bogʼliq holatlar oʼrganib chiqildi. Shofirkon tuman "Sharof Rashidov" MFY faollari mahallaning chekka hududi hisoblangan Churuq ovuliga transport qatnovi yoʼlga qoʼyilganligidan mamnunligini bildirdi.

Uchrashuvlarda mahalla vakillari tomonidan bildirilgan takliflardan kelib chiqib, hududlarni jamoat transporti qamrovi bilan toʼliq taʼminlash masalasi atroflicha oʼrganib chiqilishi kelishib olindi.